Oʻzbekistonda internet tezligi yana koʻtarildimi?
2020-yil iyun oyi ikkinchi yarmi holatiga koʻra “Ookla” kompaniyasining Speedtest.net servisi COVID-19 pandemiyasining internet global tezligiga taʼsirini eʼlon qildi. Uning natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda internet tezligi yana koʻtarilgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Jahon miqyosida COVID-19 pandemiyasi sharoitida iyun holatiga koʻra internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo boʻylab 8 foizga koʻtarilgan.
Oʻzbekistonda internet tezligi esa, simli internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring