Oʻzbekistonda internet foydalanuvchilari soni ochiqlandi
Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 27 milliondan oshdi, ularning 25 milliondan ortigʻi mobil internet foydalanuvchilaridir. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati rahbari Sherzod Axmatov maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda viloyatlar va tumanlar markazlari darajasida maʼlumotlar uzatish tarmogʻining oʻtkazish qobiliyati 1,5 barobarga oshdi.
Operator va provayderlar uchun internet xizmatlari tariflari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga pasaygan.
Qayd etilishicha, aholi punktlarining 95 foizi mobil internet bilan qamrab olingan, xonadonlarning 54 foizi yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega.
Bugungi kunga qadar internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 million nafardan oshdi, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million nafarni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring