Oʻzbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashabbusi bilan Namangan viloyatida 150 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazasi” foydalanishga topshirildi.
Sayyohlik bazasining ochilishiga 14 ta hududdan 98 nafar oʻquvchi sayohatga olib kelindi.
Sayyohlik bazasini qurishdan asosiy maqsad oʻquvchilarga oʻlka tarixini yaqindan tanishtirish, joylarda bolalar turizmini rivojlantirish orqali zamonaviy toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan iborat.
“Bolalar sayyohlik bazasi” ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev hamda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovlar ishtirok etdi.
“Bolalar sayyohlik bazalari” faoliyati Samarqand, Qarshi, Buxoro va Xiva shaharlarida ham tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Namangandagi sayyohlik bazasini qurish uchun respublika byudjetidan 7,8 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring