Oʻzbekistonda ikki kun ichida 30 mingdan ortiq oʻqituvchi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi

13:53 29 Aprel 2021 Jamiyat
1129 0

SSVga koʻra, aholining xavf osti guruhlarining koronavirusga qarshi emlash koʻrsatkichlari shu yilning 28-aprelgacha boʻlgan holatga koʻra quyidagicha:

65 yosh va undan katta fuqarolar — 336656 nafar;

tibbiyot xodimlari — 258913 nafar;

maktab oʻqituvchilari — 30502 nafar;

maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari — 11465 nafar;

surunkali kasalligi bor fuqarolar — 9160 nafar

Shu kungacha vaksina qabul qilgan fuqarolarning 318 460 nafari AstraZeneca, 326 981 nafari ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan. Shuningdek, yaqinda yurtimizga olib kelingan «Sputnik V" vaksinasi bilan 1255 nafar 65 yoshdan oshgan fuqaro emlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер