Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Foto: Illustrativ foto
“Oʻzgidromet” 5-may, payshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 24-29° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring