Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda
Bugun, 25-mart kuni Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo harorati 23-28 daraja iliq, janubda va choʻl hududlarda 30 darajagacha boʻlgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
26-29-mart kunlari davrida Oʻzbekiston hududiga nam oʻrta yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
26-martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, soʻng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
25-26 va 28-29-mart kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29-martda ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Togʻlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda 26-martda yogʻingarchilik kutilmaydi, 27-29-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27 daraja iliq, 27-martda 20-22 daraja iliq, 28-martda 18-20 daraja iliq, kechalari harorat asosan 11-14 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring