Oʻzbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor toʻgʻri keladi?
2025-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda har 10 ming aholiga 28,6 nafar shifokor toʻgʻri keladi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ixtisosliklar va ayrim mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar bilan aholining taʼminlanganlik darajasi quyidagicha (har 10 000 aholiga nisbatan):
- terapevtik ixtisosligi boʻyicha — 10,8 nafar;
- jarrohlik ixtisosligi boʻyicha — 3,3 nafar;
- akusher-ginekologlar (10 000 ayolga nisbatan) — 3,2 nafar;
- pediatrlar (0-14 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 8,3 nafar;
- pediatrlar (0-17 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 7,1 nafar;
- oftalmologlar — 0,5 nafar;
- otolaringologlar — 0,6 nafar;
- ftiziatrlar — 0,2 nafar;
- nevropatologlar — 0,9 nafar;
- psixiatrlar — 0,3 nafar;
- dermato-venerologlar — 0,3 nafar;
- stomatologlar — 3,3 nafar;
- sanitariya-epidemiologiya guruhi shifokorlari — 1,4 nafar;
- rentgenologlar va radiologlar — 0,4 nafar;
- onkologlar — 0,3 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring