Oʻzbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qoʻyish mumkin boʻladi
Bu haqida Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi. Endilikda Oʻzbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qoʻysa boʻladi, deb xabar bermoqda “OʻzA”.
Xabarda aytilishicha, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini oʻtkazish orqali berish huquqi berildi.
Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring