Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi.
Jumladan:
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa – 12 mln 250 ming soʻm jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qoʻllanilishi belgilandi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring