Oʻzbekistonda Eron bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonalar soni ortishi kutilmoqda

14:11 02 Iyun 2023 Siyosat
607 0

Kuni kecha “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi”da Erondan tashrif buyurgan “Electronic Afzar Azma”, “ESFA Group”, “Atlas Tubine Pars” hamda “Sanjesh Afzar Asia” kompaniyalari rahbarlari ishtirokida B2B (Biznesdan biznesga) uchrashuvlari tashkil etildi. Unda 15 dan ortiq mahalliy korxonalar hamda qoʻshma kompaniyalar vakillari qatnashdi.

“Uchrashuvimizda Oʻzbekistonning yirik kompaniyalari ham ishtirok etganidan juda xursand boʻldik. Kelgusida biz bu kabi ishonchni oqlashga, yanada yirik tadbirlar tashkil etib, ikki mamlakat hamkorligida koʻprik vazifasini oʻtashga harakat qilamiz.

Bugungi uchrashuv davomida ham turli loyihalar taklif sifatida kelib tushdi. Xususan Oʻzbekiston kompaniyalar 2 ta qoʻshma korxona tashkil etish yuzasidan eronlik tadbirkorlarga taklif bildirishdi. Ayni damda muhokamalar davom etmoqda”, dedi “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi” rahbari Rasul Beheshtifar.

Shuningdek turli oliy taʼlim muassasalaridan oʻqituvchilar hamda talabalar ham uchrashuvga kelib, eronlik yirik tadbirkorlar bilan suhbatlashishdi. Tadbirkorlar talabalarga oʻzlarining tajribalari, tadbirkorlikni boshlash yoʻl-yoʻriqlari hamda qiyinchiliklari haqida maʼlumot berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер