Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, ertaga, 2-fevraldan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 540 soʻm 44 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 21 soʻm 45 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 791 soʻm 88 tiyinga baholanib, 6 soʻm 58 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 53 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 139 soʻm 19 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring