Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana keskin koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 3 oktyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 100,38 soʻmga qimmatlashib, 8179 soʻm 66 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 23 soʻm 58 tiyinga arzonlashib, 9468 soʻm 77 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 4 soʻm 38 tiyinga qimmatlashib, 125 soʻm 84 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 102 soʻm, 62 tiyinga oshib, 10 667 soʻm, 9 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring