Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring