Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 1-noyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,75 soʻmga oshdi va 12 780,09 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 40,74 soʻmga oshib, 13 889,40 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,50 soʻmga pastlab, 131,67 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring