Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 3-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,80 soʻmga tushdi va 12 422,90 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 87,61 soʻmga pastladi va 14 457,77 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,76 soʻmga tushib, 154,30 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring