Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 6-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 22,94 soʻmga oshib, 12 938,01 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 13,10 soʻmga koʻtarilib, 14 673,00 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,30 soʻmga tushdi va 158,73 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring