Oʻzbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issigʻi boʻldi

18:44 05 Dekabr 2023 Jamiyat
582 0

2023-yil kuzi Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issigʻi boʻldi. Xususan, sentyabrda havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlgan boʻlsa, oktyabr oyida oyning oʻrtacha harorat meʼyordan 1,5−2,5 darajaga yuqori boʻldi.

Ayniqsa noyabr oyining katta qismida havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga nisbatan yuqori boʻldi va faqat sovuq davrda iqlimiy meʼyorgacha pasaydi. Barcha hududlarda harorat oʻrtacha iqlimiy meʼyordan 3−6 darajaga koʻp boʻldi va meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq noyabr oyi reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер