Oʻzbekistonda bir qator maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi

19:36 25 May 2020 Jamiyat
1212 0

Illyustrativ foto

“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

— IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura boʻyicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida oʻlim holatlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllaniladigan mahkumlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер