Oʻzbekistonda bir oyda 97 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

08:30 06 Dekabr 2024 Jamiyat
274 0

Oʻzbekistonda noyabr oyida jami 97 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkilot “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash tadbirlarini oʻtkazgan.

Xususan, 1−30-noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 3 mingga yaqin tadbirlar oʻtkazilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 2,9 mingta holat aniqlandi. Mazkur holatlar boʻyicha jami 97,1 milliard soʻmlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Shu bilan birga, oylik doirasida suyultirilgan gaz taʼminotida 1,5 ming dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta “bunker” faoliyatiga chek qoʻyilgan. Buning natijasida aholi isteʼmolchilariga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-torojining oldi olindi.

Taʼkidlanishicha, aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar hamda ularga aloqador shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida barcha materiallar huquqiy baho berilishi uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер