Oʻzbekistonda binolar seysmik holatini baholovchi datchik yaratildi
Foto: OʻzR FA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari tomonidan yangi ilmiy loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda akademiya axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu loyiha doirasida ikki komponentli seysmodatchik yaratilib, u bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholashda qoʻllaniladi.

Mazkur seysmodatchik zilzilalar vaqtida binolar va inshootlarda yuzaga keladigan tebranishlarni aniqlash va qayd etish, shuningdek, seysmorazvedka ishlarida, muhandislik stansiyalari tarkibidagi seysmologik tadqiqotlarda keng qoʻllanilishi mumkin.
Bundan tashqari, u sanoat portlashlari natijasida yuzaga keladigan seysmik toʻlqinlar intensivligini baholashda hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mashina va mexanizmlar tebranishlarining obyektlarga taʼsirini aniqlashda samarali vosita hisoblanadi.
Qayd etilishicha, mazkur ishlanma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ixtiro patenti olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring