Oʻzbekistonda benzin importi 87 mln. litrga oshdi

16:00 29 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
881 0

Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng koʻp hajmi Qozogʻiston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirgʻiz Respublikasi hissasiga toʻgʻri kelgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер