O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi

15:21 30 May 2023 Iqtisodiyot
840 0

4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga (hozir 350 ming) yetkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida ma’lum qilgan.

Reja bo‘yicha, bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi.

Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер