O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda pullik asosda avtomobil oynalarini qoraytirish(tonirovka)ga ruxsat berish taklif etilyapti.
Qaror loyihasiga ko‘ra, ort tomondagi oynani qoraytirish qiymati 3,44 million so‘m, ort tomondagi va ikkita yon oynani qoraytirish 6,9 million so‘mga teng bo‘ladi. Loyihada old tomondagi oynalar nazarda tutilmagan. Xorijliklar uchun bu borada ruxsat olishlari uchun 15 AQSH dollari to‘lashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilyapti, deb yozmoqda Repost.
Qayd etilishicha, bundan kelib tushgan mablag‘larning 90 foizi mahalliy byudjetga, shundan 50 foizi poytaxt, 40 foizi tuman byudjetiga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar “Obod mahalla” dasturini va boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring