Oʻzbekistonda AQSH kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni ochiqlandi
2025-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda Amerika Qoʻshma Shtatlari kapitali ishtirokida jami 336 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur korxonalarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 237 ta;
- Toshkent viloyati – 31 ta;
- Samarqand viloyati – 19 ta;
- Buxoro viloyati – 8 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
- Navoiy viloyati – 6 ta;
- Fargʻona viloyati – 5 ta;
- Jizzax viloyati – 5 ta;
- Andijon viloyati – 4 ta;
- Sirdaryo viloyati – 4 ta;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 4 ta;
- Namangan viloyati – 3 ta;
- Xorazm viloyati – 3 ta;
- Surxondaryo viloyati – 1 ta.
Mavjud korxonalardan 146 tasi qoʻshma va 190 tasi xorijiy korxonalar hissasiga toʻgʻri keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring