Oʻzbekistonda “ANOR BANK” tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi 2020-yil 9-martda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahrida raqamli bank “ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
MBning qayd etishicha, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring