Oʻzbekistonda axloqiy jihatdan mentalitetga toʻgʻri kelmaydigan teleserial va filmlarni efirga uzatmaslik taklif qilindi

14:15 15 Aprel 2021 Jamiyat
1773 0

Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrimning oldini olish masalasi yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, majlisda ajrimlar sonini kamaytirish borasida bir qancha takliflar kiritilgan. Jumladan:

Oila qurish ostonasidagi ikkala yoshlarni ham nikohdan avval imomlar tomonidan 3 oylik oʻquv darslarida oʻqitish;

Oila tushunchasini maktabdan boshlab alohida dars sifatida kiritish;

Axloqiy jihatdan mentalitetimizga toʻgʻri kelmaydigan teleserial hamda kinofilmlarni efirga uzatmaslik kabi takliflar bildirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер