Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana koʻtarildi
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”da oʻtgan haftada birja savdolariga 32 927,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 19 019,1 tonnasi, yaʼni 57,8% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 35 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 796,2 ming soʻmdan 5 869,8 ming soʻmgacha yoki 1,3% ga koʻtarildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 5 821,6 ming soʻmni, AI-91 – 7 065,9 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring