Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi oshishda davom etmoqda

17:08 01 Fevral 2021 Iqtisodiyot
949 0

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga oʻtgan hafta davomida 40 926,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 16 186,5 tonnasi, yaʼni 39,6% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 31 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 805,5 ming soʻmdan 5 875,1 ming soʻmgacha yoki 1,2% ga koʻtarildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 5 795,2 ming soʻmni, AI-91 – 6 803,5 ming soʻmni tashkil etdi.

Umuman olganda, joriy yilning boshidan buyon sotuvchi-korxonalar AI-80 rusumli avtomobil benzinining boshlangʻich narxini 5 633,8 ming soʻmdan 5 874,7 ming soʻmgacha, yaʼni 4,3% ga oshirishgan.

Xususan, koʻrib chiqilayotgan davrda Buxoro NQIZ AI-80 benzinining boshlangʻich bahosi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 624,7 ming soʻmdan 5 889,2 ming soʻmgacha oshdi, yaʼni 4,7% ga oshirishgan. Bunda, birja savdolariga qoʻyilgan benzining hajmi oshdi, xaridorlarning soni esa deyarli oʻzgarmadi. Buning natijasida, benzinning birjadagi narxi 5 665,4 ming soʻmdan 5 875,1 ming soʻmga, yaʼni 4,3% ga koʻtarilgan. Benzinning boshlangʻich bahosi va birja savdolari natijasida shakllangan oʻrtacha narxi oʻrtasidagi tafovut atigi 0,007% ni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер