Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi oshdi
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 33 222,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 11 815,5 tonnasi, yaʼni 35,6% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 28 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 273,6 ming soʻmdan 6 283,4 ming soʻmgacha, yaʼni 0,2% ga koʻtarildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 301,6 ming soʻmni, AI-91 – 7 440,5 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring