O‘zbekistonda aholining yarmi og‘ir vaznga ega ekani ma’lum bo‘ldi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qiladi.
Aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz, 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan, aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring