Oʻzbekistonda aholi jon boshiga YаIM qariyb 2 ming AQSH dollarga yetdi
2021-yilda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 21,04 million soʻm yoki 1983 dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yilgi koʻrsatkich 2020-yilga qaraganda 5,3 foizga oʻsgan. Aholi jon boshiga hisoblangan YаIMning oʻsish surʼati 105,3 foizni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring