Oʻzbekistonda 9 oyda 47 mingta uy foydalanishga topshirilgan
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida jami 47 mingta uy foydalanishga topshirilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Ularning 31,3 mingtasi qishloq joylarga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan uylar soni:
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3,7 mingta;
• Andijon viloyati — 3,9 mingta;
• Buxoro viloyati — 3,9 mingta;
• Jizzax viloyati — 1,6 mingta;
• Qashqadaryo viloyati — 2,8 mingta;
• Navoiy viloyati — 1,6 mingta;
• Namangan viloyati — 7,9 mingta;
• Samarqand viloyati — 2,7 mingta;
• Surxondaryo viloyati — 4,4 mingta;
• Sirdaryo viloyati — 0,3 mingta;
• Toshkent viloyati — 4,9 mingta;
• Fargʻona viloyati — 3,6 mingta;
• Xorazm viloyati — 3,4 mingta;
• Toshkent shahri — 2,3 mingta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring