Oʻzbekistonda 9 oyda 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar - sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni tashkil qildi.
Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xoʻjaliklar bilan taqqoslaganda yuqori koʻrsatkichlar 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.
Ishlab chiqarish hajmi boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan fermer xoʻjaliklarida 4,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida 1,0 % hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 % oʻsish qayd etildi.
Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:
Samarqand viloyati - 21,1 %
Surxondaryo viloyati - 11,8 %
Toshkent viloyati - 10,9 %
Fargʻona viloyati - 9,9 %
Andijon viloyati - 9,4 %.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring