Oʻzbekistonda 70 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan

13:20 09 Aprel 2020 Jamiyat
1096 0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov 9-aprel holatiga koʻra Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlarning holati boʻyicha axborot berdi.

“Ayni vaqtda Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan maʼlumotlarga koʻra, bu institut klinikasida davolanayotgan 99 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 7 nafarining ahvoli ogʻir. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 88 nafar bemorning 3 nafari ahvoli oʻrta ogʻir, deb baholanyapti.

Koronavirus boʻyicha epidemik vaziyat murakkablashgan vaqtdan boshlab shu kungacha 70 mingdan ortiq fuqarolar koronavirus boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazildi. Kecha 9 mingdan ortiq kishi koronavirusni aniqlash boʻyicha test topshirdi va 35 holatda kasallik aniqlandi.

Bundan koʻrinib turibdiki, tibbiy nazorat ostiga olingan 86 mingdan ortiq aholi orasida kasallik aniqlanishi davom etyapti. Demak, hammamiz sergak boʻlishimiz, karantin talablariga toʻla rioya etishimiz kerak. Har bir harakatimiz epidemik vaziyat murakkablashishi yoki barqarorlashuviga taʼsir koʻrsatadi”, dedi Nurmat Otabekov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер