Oʻzbekistonda 7-mart kuni havo harorati 30 darajaga koʻtariladi

16:27 06 Mart 2023 Jamiyat
958 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 7-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 25-27° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 24-29° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 23-28° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер