Oʻzbekistonda 472 ta yer uchastkasi onlayn-auksion orqali sotildi

12:27 09 Yanvar 2022 Jamiyat
2312 0

2021-yilda Toshkent viloyatidagi 472 ta uchastka onlayn-auksion orqali sotildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda Toshkent viloyatida kadastr ishlari sohasi mutasaddilari tomonidan viloyatda umumiy maydoni 326,1 gektar boʻlgan 6538 ta boʻsh yer uchastkalari aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, tekin yerlardan bor-yoʻgʻi 604 ta yer uchastkasi elektron auksionga qoʻyilgan. Viloyat kadastr boshqarmasining maʼlum qilishicha, ular tomonidan yil yakuniga koʻra umumiy maydoni 92,7 gektar boʻlgan 472 ta yer uchastkasi jami 27,5 milliard soʻmga sotishga muvaffaq boʻlgan.

Hujjat yigʻish uchun idora va tashkilotlarga borib, yer sotib olish uchun navbatda turishning hojati yoʻq. Barcha tashkilot va idoralar bilan kelishilgan holda onlayn-auksionlarda qatnashish va yer sotib olish imkoniyatiga ega, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер