Oʻzbekistonda 4-noyabr kuni havo harorati 27 darajagacha iliq boʻladi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 4-noyabr, shanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 21-23° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring