Oʻzbekistonda 24 soat ichida 90 ga yaqin odam koronavirusga chalindi
Joriy yilning 3-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 199 271 (+89) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Andijon viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 1 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Sirdaryo viloyatida 2 nafar, Fargʻona viloyatida 3 nafar, Xorazm viloyatida 12 ta, Toshkent viloyatida 3 ta, Toshkent shahrida 31 ta infeksiya qayd etilgan.
Hammasi boʻlib 196 539 (+95) bemor virusdan tuzalib, 98 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring