Oʻzbekistonda 22-iyun kuni havo oʻzgarib turadi, ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi
Foto: Illustrativ foto
“Oʻzgidromet” 22-iyun, chorshanba kuniga ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 27-29 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring