Oʻzbekistonda 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin

21:09 21 Dekabr 2022 Jamiyat
950 0

Foto: Illustrativ foto

Bu 19-dekabr kuni senatorlar tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarda oʻz aksini topgan.

Hujjat bilan “alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda”. Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.

Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер