Oʻzbekistonda 20-iyuldan boshlab kafe va restoranlarga qoʻyilgan cheklovlar kuchaytiriladi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28-iyunidan respublika boʻyicha koʻngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
SSV xabariga koʻra, shu yilning 20-iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring