Oʻzbekistonda 20-fevral kuni issiqlik 20 darajagacha koʻtariladi

05:27 20 Fevral 2022 Jamiyat
1252 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 20-fevral, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 13-15° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Toshkent, Ssrdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер