Oʻzbekistonda 2-aprel kuni jami 9211 nafar fuqaro emlandi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda 2-aprel kuni necha kishi emlangani haqida maʼlumot berdi.
Vaksinatsiyaning ikkinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9211 nafar fuqaro emlandi.
Vaksina olganlarning 3726 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 5485 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.
2-aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Toshkent shahri (2313 nafar),
Qashqadaryo viloyati (1021 nafar),
Andijon viloyati (783 nafar),
Toshkent viloyati (740 nafar),
Namangan viloyati (713 nafar) band qildi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 1-aprel kuni 5018 nafar fuqaro emlangan edi.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring