Oʻzbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Oʻzbekistonda oʻn olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya joylashtirildi.
"Oʻzbekistonda oʻn olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga oʻn olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf oʻquvchilarini ish bilan taʼminlash mumkin boʻladi. Agar oʻquvchilarning bandligini taʼminlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Oʻzbekistonda oʻn olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berishni taklif qilamiz", deyiladi petitsiyada.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring