Oʻzbekistonda 16 mingdan ortiq kishi karantinga olingan

21:35 19 Mart 2020 Jamiyat
1036 0

19-mart kuni holatiga koʻra Oʻzbekistonda ayni vaqtda 16 mingdan ortiq kishi karantinga joylashtirilgan. Bu haqda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlab, oylik maoshiga qoʻshimcha 120 foiz ustama toʻlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Kasallanganlarni oʻz vaqtida aniqlash va profilaktikaga eʼtiborni kuchaytirish, buning uchun barcha hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini ekspress-testlar bilan taʼminlash muhimligi qayd etildi.

Hozirgi kunda 16 mingdan ortiq fuqarolar karantinga olingan. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantin nazoratini taʼminlash yuklatildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 23 kishi koronavirus yuqtirgani qayd etilgan.

Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning maʼlum qilishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonning turli hududlarida shu maqsadda 8ta sanatoriy va 6ta shifoxona tayyorlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер