Oʻzbekistonda 15-noyabr kuni havo bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi mumkin

01:15 15 Noyabr 2021 Jamiyat
1329 0

“Oʻzgidromet” xizmati 15-noyabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–6 daraja, kunduzi 9–11 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 9–14 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 1–6 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер