Oʻzbekistonda 15-mart kuni havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

07:50 15 Mart 2022 Jamiyat
994 0

Foto: Illustrativ foto

Respublika Gidrometeorologiya markazi 15-mart, seshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, Navoiy viloyatining choʻl hududlarida kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchayadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер