Oʻzbekistonda 12-noyabr kuni havo harorati oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi

17:25 11 Noyabr 2023 Jamiyat
242 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 12-noyabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 13-15° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, Toshkent viloyatida kuchli boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер