Oʻzbekistonda 11-12-fevral kunlari chang-toʻzon kuzatiladi — Oʻzgidromet
Joriy yilning 11-12-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, soʻngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
11-12-fevralda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi.
11-fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12-fevral respublikaning qolgan hududlarida, togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin), kuchli boʻlishi mumkinligi aytildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring