Oʻzbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi
2-may kuni Oʻzbekiston va Jibuti oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Jibuti Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Mohamed Slad Doulaeh imzoladi.
Maʼlumot oʻrnida, Sharqiy Afrikada joylashgan ushbu davlat Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 149-davlat hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring